Bu haqda AQSh Davlat kotibi ma’lum qildi.
"Bu Suriyani elektr energiyasi, suv va gumanitar yordam bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirildi", — dedi Marko Rubio.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Tramp sanksiyalar yumshatilishiga javoban Damashqdan siyosatning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha “tezkor qadamlar” kutmoqda.
Avvalroq, AQSh Moliya vazirligi Qo‘shma Shtatlar Suriyaga nisbatan ba’zi sanksiyalarni bekor qilgani haqida xabar bergan edik.