Marko Rubio Eron bilan urush tugaganidan keyin Vashington Shimoliy Atlantika alyansi bilan aloqalarni isloh qilishini ma’lum qildi.
U Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida NATO bo‘yicha ittifoqchilar, jumladan Ispaniyaning pozisiyasidan qattiq noroziligini bildirdi.
Rubioning fikricha, alyansda majburiyatlar faqat bir tomonlama bo‘lmasligi kerak, agar AQSh Yevropani himoya qilsa-yu, lekin kerak paytda u yerdagi bazalardan foydalanishga ruxsat berilmasa, bu Vashington uchun foydali kelishuv emas.
Oq uydagi manbalarga ko‘ra, Donald Tramp harbiy xarajatlarni YAIMning 5 foiziga yetkazmagan a’zolarni ovoz berish huquqidan mahrum qilmoqchi. Hatto AQSh qo‘shinlarini Germaniyadan butunlay olib chiqish masalasi ham muhokama qilinmoqda.