Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Qo‘shma Shtatlar elchisi nega Islandiya TIVga chaqirtirildi?

Qo‘shma Shtatlar elchisi nega Islandiya TIVga chaqirtirildi?

Tramp xaritada Islandiyani AQSh bayrog‘i ostida tasvirlagani sababli Qo‘shma Shtatlar elchisi Islandiya TIVga chaqirtirildi.

Islandiya 8 sentyabr kuni AQSh elchisini Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirdi. Bunga prezident Donald Trampning ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan surati sabab bo‘ldi. Suratda Islandiya va boshqa mamlakatlar AQSh bayrog‘i rangida tasvirlangan.

"Bu rasm mutlaqo nomaqbul ekani haqidagi pozisiyamiz amerikalik elchiga aniq tarzda yetkazildi", deya xabar berdi Islandiya Tashqi ishlar vazirligi.

Qo‘shma Shtatlar prezidenti tomonidan Donald Tramp tomonidan Truth Social platformasida izohsiz joylashtirilgan xaritada AQSH, Kanada, Kuba, Grenlandiya, Islandiya, Meksika, Markaziy Amerika va Karib dengizi havzasi davlatlari Qo‘shma Shtatlar bayrog‘i ostida tasvirlangan. Butun hudud “Amerika Qo‘shma Shtatlari” deb nomlangan.

Kiritildi: 21:10 08.09.2026. O'qildi: 660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!