Bugun 8 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Qurilish materiallari sohasida o‘tgan yarim yilda 26 trln. so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarildi

Qurilish materiallari sohasida o‘tgan yarim yilda 26 trln. so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasidan OAV vakillari uchun “2025 yilning o‘tgan 6 oyida qurilish materiallari sanoatida amalga oshirilgan ishlar tahlili” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zsanoatqurilishmaterallari” uyushmasi rahbariyati, mutaxassislar, tadbirkorlar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab, dasturga ko‘ra uyushma boshqaruv raisi o‘rinbosari Ilyos Raximov sohada amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar haqida to‘liq ma’lumot berdi. Shu bilan birga boshqarma boshliqlari hisoboti tinglandi.

Ta’kidlanishicha, Joriy yilning yanvar-iyunda 26 trln. so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarildi va 2024 yil mos davriga nisbatan o‘sish 114 foizni tashkil etdi.

Sohada joriy yilda qiymati 2,4 mlrd. dollarlik investisiya loyihasi amalga oshiriladi va natijada 16,2 ming nafar yangi ish o‘rni yaratiladi.

Qurilish materiallari sanoati atrof muhitga ta’sir xavfi bo‘yicha yuqori va o‘rta darajadagi xavfli toifaga mansub yirik korxonalari tomonidan 2025-yil bahor-kuz mavsumida “Yashil belbog‘”larni tashkil qilish “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

“Yashil belbog‘”lar barpo etishda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning yuqori va o‘rta darajadagi xavfli sanoat korxonalari tomonidan 2025-yil 1 iyun holatiga 989.2 gektar yer maydoniga 1,16 mln. tup manzarali, mevali va buta ko‘chatlari ekildi, shundan, 1-toifaga mansub korxonalari tomonidan 273.7 gektar yer maydonida 319,2 ming tup va 2-3 toifaga mansub korxonalar tomonidan 97.5 gektar yer maydonida 258,9 ming tup manzarali, mevali va buta ko‘chatlari ekildi.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan bahorgi mavsumda 88.2 gektar yer maydonida 145,7 ming tup ko‘chat ekildi.

Yangi amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari doirasida jami 1 mlrd 185 mln. dollar investisiya o‘zlashtirildi, shu jumladan 281 mln. dollarlik 101 ta loyiha ishga tushirildi. Natijada 2 977 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Davlat investisiya dasturiga asosan Uyushmaga biriktirilgan loyihalar doirasida 150,2 mln. dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

Hisobot davrida sohada 26 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Bunda, 4 ta yangi turdagi, yuqori qo‘shilgan qiymatli, import o‘rnini bosuvchi, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi va mahalliylashtirilgan mahsulotlar hajmi 2,3 trln. so‘mni tashkil qildi. Joriy yarim yillikda 10,1 mln. tonna sement, 21 mln.kv.m qurilish oynasi, 33 mln kv.m keramik plitka va keramogranit, 50 mln kv.m gipsokarton plitalari ishlab chiqarilgan

Shuningdek, 428,4 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.

Jumladan, yanvar-iyun oylarida Rossiyaga 107 mln. dollar, Qozog‘istonga 94,7 mln. dollar, Qirg‘izistonga 64,4 mln. dollar, Tojikistonga 53,7 mln. dollar, Ozarbayjonga 9,7 mln. dollar, Turkmanistonga esa 9,3 mln. dollarlik eksport amalga oshirildi.

Sohada eksport hajmlarini oshirish maqsadida Ozarbayjonning Boku, joriy yil yanvar-iyun oylarida Tojikistonning Dushanbe, Pokistonning Laxor, Afg‘onistonning Qobul va Mozori sharif, Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod, Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator, Qozog‘istonning Aktau shaharlarida O‘zbekiston savdo uyi, shourum, savdo omborlari tashkil etildi. Yuqoridagi savdo shaxobchalariga amlakatimizda ishlab chiqarilgan 50 turdan ortiq yuqori qo‘shilgan qiymatli qurilish materiallari joylashtirildi.

Shuningdek, mahalliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va eksport salohiyatini oshirish maqsadida “Innoprom Central Asia-2025” (28 - 30 aprel Toshkent), “Rossiya-Islom dunyosi Kazan Forum 2025” (13 – 18 may Kazan), “Made in Uzbekistan” mahalliy mahsulotlar ko‘rgazmasi (5 – 7 iyun Tbilisi), “Turkiy davlatlar xalqaro ko‘rgazmasi” (10 – 12 iyun Boku), “Made in Uzbekistan” mahalliy mahsulotlar ko‘rgazmasi (20 - 24 iyun Ulan-Bator) kabi biznes forum va ko‘rgazmalarda ishtiroki ta’minlandi.

Sohada ichki va tashqi bozor marketing tadqiqotlarini amalga oshirish maqsadida “Ernst&Young” xorijiy kompaniyasi jalb qilindi.

Xorijiy kompaniyaning sohaga oid xalqaro ekspertiza va amaliy tajribasidan foydalangan holda Shimoliy Amerika, Rossiya va Kavkaz, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Markaziy Osiyo va Yevropa qurilish materiallari bozorini tahlil qilish, yangi eksportbop bozorlarni diversifikasiya qilish masalalarida istiqbolli yo‘nalishlar aniqlanishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024 yil 23 sentyabr kuni o‘tkazilgan “Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish” bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishning 42-sonli bayonida Energetika vazirligi hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan birgalikda qurilish materiallari sanoatida energiya sarfi yuqori bo‘lgan korxonalarni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB mablag‘lari hisobidan energiya auditidan o‘tkazib, energiya tejamkorlikni oshirish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Topshiriq ijrosi bo‘yicha energiya auditor tashkilotlari tomonidan energiya samaradorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar 2025-2026 yillarda amalga oshirilib, natijada 303,6 mln kVt soat elektr energiyasi va 7,3 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilish belgilab olingan.

Shu jumladan, 2025 yilda 43,5 mln. kVt soat elektr energiyasi va 6,7 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilish rejalashtirilgan.

Amalda o‘tgan yanvar-iyun oylarida 72,9 mln kVt soat elektr energiyasi (70 mlrd so‘m) va 17,1 mln kub metr tabiiy gaz (31 mlrd so‘m) iqtisod qilinishiga erishildi hamda reja ko‘rsatkichlari mos ravishda 168 va 255 foizga bajarildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan anjuman davomida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob olishdi.

Kiritildi: 11:29 06.08.2025. O'qildi: 388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!