Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Qurbon hayiti namozi qanday o‘qiladi?

Qurbon hayiti namozi qanday o‘qiladi?

1. Avvalo “Ikki rakat iydul azho namozini ushbu imomga iqtido qilib, Ka’baga yuzlanib, xolis Alloh taolo uchun ado etishni niyat qildim” deyiladi.

2. Imom “Allohu akbar” deb birinchi takbirni aytgach jamoat ham qo‘llarini quloq barobarida ko‘tarib, ichida takbir – “Allohu akbar” deb aytadi.

3. Keyin qo‘llar bog‘lanib, har kim ichida sano duosi (Subhanakallohumma va bihamdika va tabarokasmuka va ta’ala jadduka va laa ilaha g‘oyruk)ni o‘qiydi.

4. So‘ngra imom uch marta takbir aytadi. Jamoat ham unga ergashadi. Birinchi va ikkinchi takbirda qo‘llar yon tomonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan so‘ng qo‘llar bog‘lanadi.

5. Imom “Fotiha” surasini va zam sura o‘qiydi. So‘ng takbir aytib ruku va sajda ado etiladi.

6. Shundan so‘ng ikkinchi rakatga turiladi. Imom “Fotiha” surasi bilan zam sura o‘qigach, rukuga bormay turib, xuddi birinchi rakatdagi kabi uch marta takbir aytadi.

7. To‘rtinchi takbirda qo‘l ko‘tarmasdan imom orqasidan ruku va sajda ado qilinadi.

8. So‘ngra “Attahiyyot”, “Salavot” va “Duo” o‘qilib, salom berilib, namoz tugatiladi. Alloh ibodatlaringizni O‘z dargohida qabul etsin!

Davron NURMUHAMMAD

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Kiritildi: 04:28 28.06.2023. O'qildi: 21881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!