Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi

Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi

Saudiya Arabistonidagi oy kuzatiluvchi mintaqa — Tumayrda 27 may kuni Zulhijja oyi ko‘rindi. Shunga muvofiq, Saudiya Arabistoni Oliy sudi — 2025 yil 28 may, chorshanba kunidan 1446 hijriy yilning Zulhijja oyi boshlanishini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, hojilarning Arafotda turish marosimi (arafa kuni) 2025 yil 5 iyun, payshanba kuni bo‘lishi tasdiqlandi. Qurbon hayiti esa undan keyingi kun, ya’ni 2025 yil 6 iyun, juma kuni nishonlanadi.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi ham falakiy hisob-kitoblarga ko‘ra, hijriy 1446 yil Zulhijja oyining 1 kuni 2025 yil 28 may, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.

Hozircha O‘zbekistonda Qurbon hayitini nishonlash sanasi rasman e’lon qilinmadi.

Kiritildi: 10:37 28.05.2025. O'qildi: 990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!