Bugun 12 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyev Ozarbayjondagi klinikada qo‘lga olindi

Qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyev Ozarbayjondagi klinikada qo‘lga olindi

Qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyev Ozarboyjon poytaxti Bokudagi xususiy klinikalardan birida qo‘lga olindi. Uning “bioenergiya” orqali davolash seansini o‘tkazishga urinishi klinika oldida to‘plangan odamlar sabab polisiya aralashuvi bilan yakunlangan.

Ma’lum qilinishicha, hodisa Bokuda joylashgan Bİ ES VİP estetik klinikasida sodir bo‘lgan. Soliyevning qabul o‘tkazishi haqida xabar tarqalgach, bino oldiga seansga kirish istagida bo‘lgan ko‘plab odamlar to‘plangan. Natijada katta navbat va tartibsizlik yuzaga kelgan.

Ozarboyjon Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ommaviy to‘planish va taklif etilayotgan xizmatlar xususiyati huquq-tartibot idoralarining e’tiborini tortgan. Shundan so‘ng Iqbol Soliyev holatga oydinlik kiritish maqsadida ushlangan.

Soliyevning faoliyati avval ham O‘zbekistonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar e’tiborida bo‘lgan. U lisenziyasiz xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan bir necha bor ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Xususan, Qo‘qon shahar IIB ma’lumotiga ko‘ra, unga O‘zbekiston xalq tabobati assosiasiyasi tomonidan berilgan hujjatlarning amal qilish muddati 2024 yil 21 dekabr kuni tugagan. Shunga qaramay, u faoliyatini davom ettirgan.

Shu yil boshida ham unga nisbatan tegishli ruxsatnomasiz xizmat ko‘rsatgani uchun jarima qo‘llangan.

Kiritildi: Bugun 13:05. O'qildi: 917 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!