Prokuratura surishtiruv natijalariga ko‘ra, mazkur holat shaxsiy muammolar sababli sodir bo‘lgani aniqlangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan. Shuningdek, bunday holatlarning oldini olish maqsadida suitsidga qarshi profilaktika ishlarini kuchaytirish tavsiya etilgan.
“Hozirda talabalar turar joylarida xavfsizlikni ta’minlash uchun maxsus qoidalar joriy etildi, kunlik nazorat va psixologik ko‘mak yo‘lga qo‘yildi. Talabalar bilan keng qamrovli suhbatlar o‘tkazilib, ularning fikrlari o‘rganildi”, deyiladi xabarda.