Bu haqda The Atlantic nashri xabar berdi.
Ukraina Rossiya aeroportlari atrofidagi havo hududidan foydalanishni qiyinlashtirish uchun uzoq masofali dronlardan foydalanmoqda. Bu haqda The Atlantic nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, operasiyaning kengaytirilgan rejasi sun’iy intellekt boshqaradigan va Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlarini chetlab o‘ta oladigan dronlarni qo‘llashni nazarda tutadi. Bunday qurilmalarni seriyali ishlab chiqarish yaqin orada boshlanishi mumkin.
Jurnalist Saymon Shuster operasiya haqida ilk bor avgust oyi oxirida yozgan. 1 sentyabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya havo hududi tobora xavfli bo‘lib borayotganini aytgan edi.
Biroq manbalarning ta’kidlashicha, Zelenskiy operasiyaning dastlabki, ancha keng ko‘lamli rejasini hali tasdiqlamagan.