Urgutda joylashgan Quldortepa yodgorligida olib borilgan tadqiqotlar natijasida ilk o‘rta asrlarga oid ibodatxona qoldiqlari ochildi.
Xususan, marosimlar xonasi, ustunli ayvon va yo‘lakli xonalar o‘rganildi. Qazilmalar natijasida xona devorlarida saqlanib qolgan oq fon ustiga qizil va qora ranglarda ishlangan geometrik devoriy naqshlar, 4,75 metrli archa ustun, Xitoyning Xan sulolasi davrida ishlab chiqarilgan oyna, Sug‘d hukmdori Ukkurt Chamuk tangalari aniqlangan.
Ma’lumot uchun, yodgorlik qadimiy manbalarda rustoq markazi sifatida tilga olinadi. Xitoy yozma manbalarida bu maskan Mi yoki Mi-moxe, arab-fors adabiyotida esa Maymurg‘ nomi bilan qayd etilgan.