Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.” MCHJ rahbari SH.S. xonadonida yashirin sex tashkil etib, qo‘lbola usulda yog‘ ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 2,6 tonna chigit, 2 tonna yog‘, 40 litr hajmli yelim idishlar va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Chiroqchi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.T. “Choshtepa” MFY hududidagi xonadonida juvoz uskunasida qo‘lbola yog‘ ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 114 litr yog‘, 262 kg chigit, 3 dona dvigatel, 5 dona 200 litr hajmli yelim idishlar va boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.