"Amerika ma’muriyati Eron yadroviy obektlariga hujum qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shu bilan birga, AQSh Kongressi o‘tkazilayotgan operasiyadan bexabar edi". Bu haqda kongressvumen Aleksandriya Okasio-Kortes ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.
"Prezidentning Eronni ruxsatsiz bombardimon qilish haqidagi halokatli qarori konstitusiya va Kongressning harbiy vakolatlarini qo‘pol ravishda buzishdir... Bu - impichment uchun mutlaq va aniq asos," - dedi Aleksandriya Okasio-Kortes.
U zarbani "halokatli" deb atadi va oqibatlari Qo‘shma Shtatlarni avlodlar davomida ta’qib qilishidan ogohlantirdi.