Bugun 16 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Prezidentga tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi yuzasidan axborot berildi

Prezidentga tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi yuzasidan axborot berildi

Davlatimiz rahbariga tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi yuzasidan axborot berildi.

Mamlakatimizda an’anaga aylangan ushbu muloqot tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni bevosita o‘rganish, ularga amaliy yechim topish va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bo‘lajak oltinchi ochiq muloqotga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 15-maydan boshlab 50 dan ortiq vazirlik va idora vakillaridan iborat respublika shtabi tashkil etilgan. Shtab 24/7 rejimida uzluksiz faoliyat yuritmoqda.

Koll-markaz va rasmiy botlar orqali tadbirkorlardan 6 mingga yaqin murojaat kelib tushgan. Ularning 4,2 mingdan ziyodi ijobiy hal etildi, 1,8 mingga yaqinini ko‘rib chiqish davom etmoqda.

Tayyorgarlik doirasida mas’ul tashkilotlar tomonidan 750 dan ziyod uchrashuv o‘tkazilib, ularda 8,8 mingdan ortiq tadbirkor ishtirok etdi va 3,5 mingdan ziyod taklif hamda masalalar bildirildi.

Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan 130 dan ortiq uchrashuvda esa 5,7 mingdan ziyod tadbirkor qatnashib, 1,5 mingga yaqin masalani o‘rtaga tashladi. Aniqlangan muammolarni tubdan hal qilish va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda takliflar ishlab chiqilmoqda.

Kiritildi: 23:50 15.08.2026. O'qildi: 703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!