Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘istonlik 17 yoshli hujumchi «Chelsi» asosiy jamoasi bilan yig‘inga yo‘l oldi

Qozog‘istonlik 17 yoshli hujumchi «Chelsi» asosiy jamoasi bilan yig‘inga yo‘l oldi

Qozog‘istonlik 17 yoshli hujumchi Dastan Satpayev Londonning «Chelsi» klubi asosiy tarkibi bilan mavsum oldi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.

Iqtidorli forvard londonliklarning «Krouli»ga qarshi o‘tkazilgan yopiq nazorat uchrashuvida (3:1) maydonga tushib, bir taym harakat qilishga ulgurdi. Hozirda u «Chelsi» tizimiga to‘liq integrasiya bo‘lgan holda, asosiy jamoa darajasidagi ilk to‘liq ko‘rikdan o‘tmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Satpayev londonliklarning Avstraliya va Osiyo bo‘ylab o‘tkaziladigan mavsum oldi turnesida ishtirok etadigan 27 nafar futbolchidan iborat qaydnomasidan o‘rin olgan. «Chelsi» ushbu yig‘in doirasida «Tottenhem», «Yuventus» va «Milan» kabi grand jamoalar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi.

Qozog‘istonlik futbolchini maydonda ko‘rish mumkin bo‘lgan eng yaqin imkoniyat — 28 iyul kuni «Uestern Sidney Uonderers»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvdir.

Qozog‘istonlik 17 yoshli hujumchi «Chelsi» asosiy jamoasi bilan yig‘inga yo‘l oldi

Kiritildi: 20:07 24.07.2026. O'qildi: 613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!