Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Qozog‘istonda yangi Konstitusiya bo‘yicha referendum 15 mart kuni o‘tkaziladi

Qozog‘istonda yangi Konstitusiya bo‘yicha referendum 15 mart kuni o‘tkaziladi

Kecha, 11 fevral kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 2026 yil 15 mart kuni mamlakatda yangi Konstitusiya loyihasi bo‘yicha umumxalq referendumini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezidnet matbuot xizmati xabar berdi.

Farmonga muvofiq, Qozog‘iston Respublikasining yangi Konstitusiyasi loyihasi ovozga qo‘yiladi. Referendum byulleteniga fuqarolar uchun quyidagi savol kiritiladi: “Siz 2026 yil 12 fevralda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan Qozog‘iston Respublikasining yangi Konstitusiyasini qabul qilasizmi?”

Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda parlament islohoti o‘tkazilishini e’lon qilgan edi. Islohot doirasida Qozog‘iston parlamenti ikki palatadan bir palataga aylantiriladi va Qurultoy deb nomlanadi. Unda 145 ta deputatlik o‘rni bo‘ladi.

Bundan tashqari, Qozog‘istonda vise-prezident lavozimi joriy qilinadi. Uni prezident parlament roziligi bilan tayinlaydi.

Kiritildi: Bugun 13:39. O'qildi: 259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!