Qozog‘istonning Jambil viloyatida 1966 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan Dilmurod Normurodov qidirilmoqda. Bu haqda Kazinform viloyat polisiya departamenti matbuot xizmatiga tayanib xabar bergan.

Xabarda qayd etilishicha jinoyatchi ozg‘indan kelgan, bo‘yi o‘rtachadan yuqori, burnida chandig‘i bor, egniga kamuflyajli kurtka va jinsi shim kiygan. Shuningdek, Dilmurod Normurodovning qayerdaligi to‘g‘risida ma’lumot bergan kishi mukofotlanishi ham xabarda aytib o‘tilgan.

Polisiya departamenti jinoyatchi haqida ma’lumot bergan kishining anonimligi kafolatlanishini ham eslatgan. Ammo Normurodovning jinoyati nimadan iborat ekanligiga aniqlik kiritilmagan.