Bugun 6 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Qozog‘istonda tibbiy xatolar uchun bemorlarga 502 mln tenge to‘landi

Qozog‘istonda tibbiy xatolar uchun bemorlarga 502 mln tenge to‘landi

Qozog‘istonda so‘nggi ikki yilda tibbiy yordam ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan xatolar tufayli bemorlar va ularning oilalariga 502 million tenge, ya’ni qariyb 1,1 million dollar miqdorida tovon puli to‘langan.

Mamlakatda 2024 yildan tibbiyot xodimlarining kasbiy javobgarligini majburiy sug‘urtalash tizimi amal qilmoqda. Sug‘urta badallarini shifoxonalarning o‘zi to‘laydi.

Qonunga ko‘ra, tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida bemorning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilgani tasdiqlansa, unga tovon puli to‘lanadi. Shu bilan birga, sug‘urta tizimi tibbiyot xodimlarini bunday holatlar bilan bog‘liq moliyaviy xavflardan himoya qiladi.

Kiritildi: 21:04 05.10.2026. O'qildi: 353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!