Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘istonda «Real»ga qarshi o‘yin biletlari sotib bo‘lindi

Qozog‘istonda «Real»ga qarshi o‘yin biletlari sotib bo‘lindi

UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turi doirasida Qozog‘istonning "Qayrat" klubi o‘z maydonida Madridning "Real" klubini qabul qiladi. Mezbonlar matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bo‘lajak uchrashuv uchun barcha chiptalar sotib bo‘lingan.

Jamoalar o‘rtasidagi bahs 30 sentyabr, seshanba kuni Olma-otadagi stadionda bo‘lib o‘tadi.

"Qayrat" nufuzli musobaqaning yangi mavsumini muvaffaqiyatsiz boshladi. Chempionlar ligasining 1-turida qozog‘istonliklar safarda Lissabonning "Sporting" jamoasiga yirik 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. "Real"ga kelsak, Xabi Alonso shogirdlari turnirni g‘alaba bilan boshladi. "Santyago Bernabeu"da madridliklar "Marsel"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Kiritildi: 14:54 24.09.2025. O'qildi: 906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!