Bugun 7 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Qozog‘istonda qor bo‘roni tufayli katta yo‘lda 40ga yaqin avtomobil to‘qnashib ketdi

Qozog‘istonda qor bo‘roni tufayli katta yo‘lda 40ga yaqin avtomobil to‘qnashib ketdi

Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatidagi avtomobil yo‘lida qor bo‘roni va ko‘rishning yomonlashuvi tufayli 40 ga yaqin avtomobil to‘qnashuvi sodir bo‘ldi.

Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

"Bugun Oqmo‘la viloyatida, Birjon Sal tumanidagi Ko‘g‘am va Qoratol qishloqlari o‘rtasidagi yo‘l uchastkasida ob-havo sharoitining yomonlashishi (bo‘ron, ko‘rish imkoniyati cheklangan) natijasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi" - deyiladi hisobotda.

Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Voqea joyida polisiya va favqulodda xizmatlar ishlamoqda. Avtomobillar evakuasiya qilinib, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Qayd etilishicha, avvalroq favqulodda vaziyatlar xizmati fuqarolarni hududda ob-havo yomonlashishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Kiritildi: 17:40 03.01.2025. O'qildi: 757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!