Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Qozog‘istonda ongli ravishda farzand ko‘rishdan voz kechish qoralandi

Qozog‘istonda ongli ravishda farzand ko‘rishdan voz kechish qoralandi

Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi fatvo chiqarib, unda "chayldfri" (bola ko‘rishdan ongli ravishda voz kechish) ideologiyasi shariat normalariga zid ekanini bildirdi.

Hujjatda qayd etilishicha, javobgarlikni zimmaga olishni istamaslik, moliyaviy xarajatlardan qochish yoki oila va farzanddan ko‘ra shaxsiy erkinlik va karyerani ustun qo‘yish sababli farzand ko‘rishdan ongli ravishda bosh tortish islom tamoyillariga mos kelmaydi.

«Nikoh — Payg‘ambarning sunnati. Uning asosiy maqsadlaridan biri — inson naslini saqlash va avlod davomiyligini ta’minlashdir», — deyiladi muftiylik bayonotida. Islomda farzand ko‘rish er-xotinning umumiy huquqi hisoblanadi, shuning uchun agar juftlikdan biri farzand xohlasa, ikkinchisi bunga to‘sqinlik qila olmaydi.

«Homiladorlikni vaqtincha kechiktirish faqat asosli sabablar bo‘lgan hollarda, masalan, tug‘ruqqa tayyorgarlik yoki sog‘liqni tiklash uchun ruxsat etiladi. Bunday holatlarda er-xotin o‘zaro kelishuvga ega bo‘lishi va qo‘llaniladigan usullar sog‘liqqa zarar yetkazmasligi kerak. Biroq qo‘rquv yoki qashshoqlik sababli homiladorlikdan qasddan qochish shariat tomonidan ma’qullanmaydi. Shuningdek, bepushtlikka olib keladigan har qanday usullar harom hisoblanadi», — deyiladi fatvoda.

Muftiylik fikricha, "chayldfri" ideologiyasi oila institutini zaiflashtiradi va jamiyat hamda mamlakat kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ayni paytda Qozog‘istonda tug‘ilish darajasining pasayishi kuzatilmoqda. 2026 yilning birinchi choragida mamlakatda 74,1 ming chaqaloq tug‘ilgan — bu so‘nggi 20 yildagi eng past ko‘rsatkich. Nur.kz nashrining yozishicha, so‘nggi besh yilda yangi tug‘ilganlar soni 25 foizdan ko‘proqqa kamaygan.

Kiritildi: 17:51 25.06.2026. O'qildi: 1939 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!