Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Qozog‘istonda harbiylarning Kaspiy dengiziga oqib ketishi ortidan 5 nafar mas’ul shaxs qo‘lga olindi

Qozog‘istonda harbiylarning Kaspiy dengiziga oqib ketishi ortidan 5 nafar mas’ul shaxs qo‘lga olindi


Mashg‘ulot vaqtida harbiy xizmatchilarning o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tezkor-tergov guruhi tuzilgan. Qurbonlar soni 14 kishiga yetgan, uch kishi qutqarilgan. Ulardan biri hozirda kasalxonada davolanmoqda. Qozog‘istonda 25 sentyabr kuni milliy motam e’lon qilingan.

Xabar berilishicha, qo‘lga olinganlar orasida shtab boshlig‘i — Qozog‘iston Qurolli kuchlari Harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari, ikki harbiy qism komandiri, dengiz piyodalari rotasi va kater komandirlari bor. Ular xizmatga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lish oqibatida og‘ir oqibatlarga olib kelish va kemani boshqarish qoidalarini buzishda gumonlanmoqda.

Barcha gumonlanuvchilar Oqtov shahar polisiya boshqarmasining vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirilgan. Sudga qadar tergov Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasi nazoratiga olingan.

Kiritildi: 21:28 25.09.2026. O'qildi: 763 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!