Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Mang‘istau viloyatida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar chog‘ida harbiy xizmatchilar halok bo‘lgani sababli 25 sentyabrni mamlakatda umummilliy motam deb e’lon qildi, deya xabar berdi Oqo‘rda.
Voqea bugun Kaspiy dengizi sohilida o‘quv-jangovar vazifani bajarish vaqtida yuz bergan. Ob-havoning keskin yomonlashishi va shamol kuchayishi oqibatida to‘lqin harbiy xizmatchilarni dengizga olib ketgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dengizga 19 nafar harbiy oqib ketgan. Ulardan 3 nafari qutqarilgan, 12 nafar harbiyning halok bo‘lgani qayd etilgan. Bedarak yo‘qolgan harbiylarni qidirish ishlari davom etmoqda.