Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qozog‘istonda energetika vaziri o‘rinbosari hibsga olindi

Qozog‘istonda energetika vaziri o‘rinbosari hibsga olindi

Qozog‘istonda energetika vaziri o‘rinbosari Jumabay Karagayev hibsga olindi, deb xabar berdi siyosatshunos Yerbol Yedilov telegramda o‘z manbalariga tayanib.

Uning da’vo qilishicha, Karagayev bilan birga "Mang‘istau viloyatida suyultirilgan gaz narxini asossiz oshirishga aloqador" boshqa shaxslar qo‘lga olingan. “Hibsga olinganlar orasida auksionlarda manipulyasiya bilan shug‘ullangan elektron savdo maydonchalari rahbarlari ham bor”, — deyiladi xabarda.

2021 yil avgustida Karagayev Yevropa Ittifoqini Qozog‘iston neftidan mahrum qilish bilan tahdid qilgani xabar qilingandi. U agar YEI uglerod solig‘ini joriy qilsa, respublika Xitoy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga mahsulot yetkazib berishni qayta yo‘naltirishini ta’kidlagandi.

Kiritildi: 18:30 14.01.2022. O'qildi: 2852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!