Bugun 4 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumonlangan 10 kishi qo‘lga olindi

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumonlangan 10 kishi qo‘lga olindi

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi mamlakat g‘arbida konstitusiyaviy tuzumni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishni rejalashtirganlikda gumon qilinayotgan 10 kishini qo‘lga oldi. Hibsga olish 30 oktyabr kuni Atirau shahrida o‘tkazilgan. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchilar ekstremistik guruh tuzish, unga rahbarlik qilish va faoliyatida ishtirok etish, shuningdek, terrorizmni targ‘ib qilish hamda diniy adovat qo‘zg‘atishda ayblanmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, guruh a’zolari Qozog‘istonning g‘arbiy hududida konstitusiyaviy tuzum asoslarini kuch ishlatish orqali o‘zgartirishni maqsad qilgan.

Gumonlanuvchilarning yashash joylarida o‘tkazilgan tintuvlar davomida o‘qotar qurollar, giyohvand moddalar, diniy buyumlar, adabiyotlar va boshqa ashyoviy dalillar musodara qilingan.

Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari, shuningdek, guruh a’zolari tashkil etgan bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan uchta yashirin ta’lim markazini aniqlab, faoliyatini to‘xtatgan.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning ayrimlari avval ham terrorchilik va boshqa jinoyatlar uchun sudlangan.

Kiritildi: 17:14 02.11.2026. O'qildi: 915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!