Qozog‘istonda 38 yoshli erkak do‘sti bilan garov o‘ynab, o‘nlab ruchkalarni yutib yubordi.
Bu haqda Mash Telegram-kanali xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Chimkent shahrida sodir bo‘lgan. Erkak do‘sti bilan garov evaziga, 26 ta ruchkani birin-ketin yutib yubordi. Shundan so‘ng uning qornida og‘riq paydo bo‘ldi va shifokorga murojaat qildi.
Shifokorlar begona narsalarni olib tashlash uchun ikki soatlik jarrohlik amaliyotini o‘tkazishdi. Endoskop yordamida prosedura kesmalarsiz amalga oshirildi. Erkakning tanasidan barcha 26 ta ruchka muvaffaqiyatli olib tashlandi.