Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Qozog‘iston Ukrainadan Qora dengizdagi kemalariga hujum qilmaslikni so‘radi

Qozog‘iston Ukrainadan Qora dengizdagi kemalariga hujum qilmaslikni so‘radi

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu Ukrainadan Qora dengizda harakatlanayotgan Qozog‘iston kemalariga hujum qilmaslikni talab qilganini ma’lum qildi.

Nurtleu BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi doirasida Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga bilan uchrashib, bu masalani muhokama qilgan.

Bu Ukraina tomonidan Kaspiy quvur konsorsiumi ob’ektlariga berilayotgan zarbalar fonida yuz berdi. Qozog‘iston bunday hujumlarni o‘z manfaatlariga tajovuz deb baholagan, Ukraina esa Qozog‘istonning ogohlantirishlarini inobatga olganini bildirgan.

Kaspiy quvur konsorsiumi Qozog‘iston neftini Qora dengiz orqali jahon bozoriga yetkazib berishdagi asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 13:45. O'qildi: 411 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!