Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Qozog‘iston suyultirilgan gaz eksportiga taqiqni olti oyga uzaytirdi

Qozog‘iston suyultirilgan gaz eksportiga taqiqni olti oyga uzaytirdi

Qozog‘istonda suyultirilgan gaz eksportiga qo‘yilgan taqiq uzaytirildi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.

Bunda avtomobil va temir yo‘l transportida suyultirilgan neft gazini olib chiqishga qo‘yilgan taqiq olti oyga uzaytirildi.

Bunday qaror bosh vazir o‘rinbosari — milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin raisligida Tashqi savdo masalalari bo‘yicha idoralararo komissiya yig‘ilishida qabul qilindi.

Ushbu chora ichki talab va narxlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Rasmiylarning ta’kidlashicha, bu qaror suyultirilgan gazdan yoqilg‘i sifatida foydalanadigan avtomobillar sonining ko‘payishi va uning yuqori ijtimoiy ahamiyati bilan bog‘liq.

Avvalroq, Energetika vaziri Yerlan Akkenjenovning qarori bilan 2025 yil 14 maydan boshlab olti oy davomida suyultirilgan gaz va butanni chetga chiqarish taqiqlangan edi.

Kiritildi: 22:55 09.10.2025. O'qildi: 591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!