Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘iston Qora dengizda Rossiya portiga neft yuklash uchun ketayotgan tankerlarga dronlar zarba bergani yuzasidan xavotir bildirdi

Qozog‘iston Qora dengizda Rossiya portiga neft yuklash uchun ketayotgan tankerlarga dronlar zarba bergani yuzasidan xavotir bildirdi

"Kaspiy Quvurlari Konsorsiumi (KTK) yaqinida sodir bo‘layotgan hodisalar soni ko‘payayotgani xalqaro energetika infratuzilmasi uchun xavflar ortib borayotganidan dalolat beradi. Hujumga uchragan tankerlar barcha kerakli ruxsatnomalarga ega bo‘lgan va identifikasiya uskunalari bilan jihozlangan edi. Qozog‘iston Qora dengizdagi tankerlarga dronlar bilan zarbalar berilgan holat yuzasidan xavotirda", - deyiladi mamlakat TIV bayonotida.

Vazirlikning qayd etishicha, Ostona vaziyatni Yevropa va AQSh bilan muhokama qilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Malta bayrog‘i ostida harakatlangan Matilda tankeri Anapadan 100 km uzoqlikda ikkita zarba beruvchi dronlar tomonidan hujumga uchragan. Rossiya bunda Ukrainani ayblamoqda. Kiyev vaziyatga izoh bergani yo‘q.

Kiritildi: Bugun 19:18. O'qildi: 322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!