Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Va’da berdimmi? Qachon va’da berdim?"

"Va’da berdimmi? Qachon va’da berdim?"

Donald Tramp The New York Times bilan suhbatda amerikaliklarga tariflardan tushadigan daromaddan 2 ming dollar to‘lashga va’da berganini eslay olmadi. Jurnalist unga bu haqda eslatganida, prezident qayta so‘radi.

Jurnalist: "Siz amerikaliklarga bojxona to‘lovlaridan tushgan daromadingiz asosida 2000 dollar to‘lashga va’da bergandingiz. Shuni qachon tarqatishni boshlaysiz?"

Tramp: "Va’da berdimmi? Qachon va’da bergandim?"

Committee for a Responsible Federal Budget hisob-kitoblariga ko‘ra, bunday to‘lovlar byudjetga taxminan 600 milliardga tushadi. Shu bilan birga, bahorda joriy etilgan tariflar sentyabr oyi oxiriga kelib 90 milliardga yaqin daromad keltirdi. Oliy sud bu hafta tariflarning qonuniyligini ko‘rib chiqadi.

Kiritildi: Bugun 15:05. O'qildi: 874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!