Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi Eronda internetning bir necha kunlik uzilishi ortidan Starlink sun’iy yo‘ldosh xizmatini bepul qildi.
Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Xavfsiz internetga kirishni ta’minlash uchun eronliklar bilan ishlaydigan Amerika tashkiloti Holistic Resilience ijrochi direktori Ahmad Ahmadianning xabar berishicha, SpaceX Eronda Starlink uchun obuna to‘lovidan voz kechgan va mamlakatdagi pristavka egalariga xizmatdan bepul foydalanishga imkon bergan.
Shu bilan birga, NetBlocks internet monitoring xizmati Eronda norozilik namoyishlari boshlanganidan beri birinchi marta butun mamlakat bo‘ylab internet uzilganini ma’lum qildi, bu esa davom etayotgan norozilik namoyishlari fonida sodir bo‘ldi.