Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eronda amaldagi rejimning qulashi Putinga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi

Eronda amaldagi rejimning qulashi Putinga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi

Bu haqda Sky News xabar bermoqda.

Harbiy tahlilchi Maykl Klarkning baholashicha, Eronda “oyatullohlar rejimi”ning ehtimoliy qulashi Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi.

Ekspertga ko‘ra, ikki yil avval Eron Rossiyaga katta miqdorda Shahed dronlarini yetkazib bergan va u paytda Tehron bilan aloqalarning uzilishi Moskva uchun sezilarli zarba bo‘lardi. Hozir esa Rossiya bu dronlarni o‘zi ishlab chiqarmoqda va Eronga avvalgidek bog‘liq emas.

Shuningdek, Klark Erondagi noroziliklar hokimiyat almashuviga olib kelgan taqdirda, bu Rossiya va Xitoy uchun strategik emas, balki ramziy siyosiy zarba bo‘lishini bildirgan.

Kiritildi: Bugun 12:25. O'qildi: 713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!