Bu lavozim Qozog‘istonning 2026 yilda qabul qilingan yangi Konstitusiyasi asosida joriy etilgan.
31 avgust kuni Ostanada yangi saylangan Qurultoyning yalpi majlisida To‘qayev Yerlan Karin nomzodini vise-prezidentlikka ilgari surdi. Parlamentning 145 nafar a’zosidan 141 nafari uning nomzodini qo‘llab-quvvatladi. Shundan keyin prezident tegishli farmonni imzoladi.
50 yoshli Yerlan Karin 2019 yildan buyon To‘qayevning yordamchisi, davlat kotibi va davlat maslahatchisi lavozimlarida ishlagan. 2026 yil 30 iyunda Qozog‘iston prezidenti administrasiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
15 mart kungi referendum asosida Konstitusiyaga kiritilgan va 1 iyuldan kuchga kirgan o‘zgarishlarga ko‘ra, Qozog‘istonda Senat tugatilib, bir palatali parlament tashkil etildi, shuningdek, vise-prezident lavozimi qayta joriy etildi.
Vise-prezident Qurultoy bilan kelishgan holda prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi. Vise-prezident parlament, hukumat va boshqa davlat organlari bilan munosabatlarda davlat rahbarini tamsil qilish vakolatiga ega. Prezident muddatidan oldin lavozimidan ozod etilgan taqdirda, uning vakolatlari vise-prezidentga o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda 1990-1995 yillarda ham vise-prezident lavozimi bo‘lgan.