Qozog‘iston Qostanoy viloyatidagi boy resurslarga ega Akbulak konida noyob yer metallarini qazib olish bo‘yicha Amerika kompaniyasi bilan kelishuvga erishgan.
Mamlakatning tog‘-kon giganti bo‘lgan Tayu-Ken Samruk kompaniyasi Amerikaning Cove Capital kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasini imzolagan.
Konning umumiy zaxiralari 349 ming tonnani tashkil etadi, shundan 75 foiz aksiyalarni amerikalik investorlar sotib olgan.
Bitim shuningdek, Cove Capitalning nazoratini va yana 2 yirik konlarga, jumladan, dunyodagi eng yirik volfram zaxiralari joylashgan Shimoliy Katpar va Yuqori Kayraktidagi konlarga investisiyalarni o‘z ichiga oladi. Cove Capital ushbu 3 ta konga kamida 1,1 milliard dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.