2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarga 2 ta qo‘shimcha imkoniyat belgilandi.
1️⃣ 500 ta maqsadli qabul o‘rni;
➖ 2–6 oktyabr kunlari doimiy Qoraqalpog‘istonda yashovchi, kirish imtihonida 68 ball va undan yuqori to‘plab, davlat OTMlarining kunduzgi ta’limiga kontrakt asosida tavsiya etilgan yoshlar my.uzbmb.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Talabalar ballar ketma-ketligi asosida 500 ta maqsadli qabul o‘rniga tavsiya etiladi.
2️⃣ Yana 6 500 ta qo‘shimcha qabul o‘rni;
➖ Qoraqalpog‘istondagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim muassasalarini tamomlagan, 56,7 ball va undan yuqori to‘plagan, ammo talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar uchun viloyatlardagi davlat OTMlariga kontrakt asosida 6 500 ta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi.
📌 Qo‘shimcha qabullar abituriyentlarning kirish imtihonidagi natijalari asosida shakllantiriladi.