Mas’ullarga “Urganch – Gurlan – Mang‘it” yo‘lini rekonstruksiya qilish bo‘yicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan muzokara o‘tkazish, 10 ta tumanni o‘zaro bog‘lovchi ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun Osiyo infratuzilma va investisiya bankidan 75 million dollar jalb qilish topshirildi.
Xorazmning 13 ta tuman va shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari turizm va servis bo‘yicha ilg‘or tajribani, muhitni o‘rganish uchun Ispaniya, Italiya, Fransiya kabi davlatlarga yuborilishi belgilandi.
Keyinchalik bu tizim barcha turizmga ixtisoslashgan hududlarda joriy qilinadi.
Umuman, joriy yilda Xorazmda jami 200 million dollarlik 91 ta loyihani ishga tushirish; 2 million xorijiy va 10 million mahalliy sayyohni jalb qilib, turizm eksportini 700 million dollardan oshirish; turizm va xizmatlar sohasida 100 mingta yangi ish o‘rni yaratish mutasaddilarning asosiy vazifasi bo‘lishi belgilandi.