Bugun 16 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri mansabdori pora bilan ushlandi

Qoraqalpog‘istonda “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri mansabdori pora bilan ushlandi

Yo‘l qurilishi sohasida noqonuniy holat fosh etildi.

“O‘zyo‘lko‘prik” klasteri davlat muassasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali mansabdor shaxsi pora bilan ushlandi. U xizmat mavqeidan foydalangan holda, qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJga o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali “Beruniy-To‘rtko‘l” A380-sonli magistral yo‘l qurilishi loyihasining 5 kilometrlik ish hajmini olib berish evaziga 10 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini MCHJ rahbaridan olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:25. O'qildi: 284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!