Holat 7-sentyabr kuni Qo‘shtepa tumanidagi tug‘uruqxonada sodir bo‘lgan. Gumonlanuvchi ayol qo‘lga olingan. Unga nisbatan qasddan odam o‘ldirish aybi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Jabrlanuvchilardan biri olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Aniqlanishicha, pichoqlagan shaxs ayol kishi bo‘lgan. U hamshiralarni xonaga qamab olgan holda pichoqlagani aytilmoqda. Ayol nega bunday qilgani va ishning boshqa tafsilotlari hozircha ma’lum emas.
Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holatni tasdiqladi. Uning bildirishicha, Qo‘shtepa tuman prokuraturasi 7-centabr kuni holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Gumonlanuvchi shaxs JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.