Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda uch kishi is gazidan vafot etdi

Qoraqalpog‘istonda uch kishi is gazidan vafot etdi

2025 yil 13 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida fojiali hodisa sodir bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samanko‘l mahallasi, Qamishqal’a aholi punktida joylashgan uyda istiqomat qilgan fuqaro A.J. uyni isitish maqsadida qo‘lbola isitish pechini o‘rnatib, uning mo‘risini kesib tashlagan hamda pechni boshqa xonaga ko‘chirib, mo‘risiz holda gaz tarmog‘iga ulagan.

Oqibatda uy a’zolari gaz yonishi natijasida hosil bo‘lgan tutun — is gazidan zaharlanib, fuqaro A.J. hamda uning nabiralari: 14 yoshli A.S. (8-sinf o‘quvchisi) va 10 yoshli A.Q. (4-sinf o‘quvchisi) hodisa joyida vafot etgan.

Hodisa yuzasidan tegishli tartibda tergov harakatlari olib borilmoqda.

⚠️ Fuqarolardan isitish qurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘raladi.

Kiritildi: Bugun 19:07. O'qildi: 292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!