Bosh prokuratura tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanidagi “Q.M.” mas’uliyati cheklangan jamiyatning mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompresslash shoxobchasining o‘lchov qurilmalariga tashqi ta’sir ko‘rsatishi oqibatida 2,9 milliard so‘mlik tabiiy gazni talon-taroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov davomida jamiyat tomonidan yetkazilgan zarar to‘liq undirilishi ta’minlandi.