Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi

━━━━━━━━━━━━━━━
🟥 Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlaridan biridagi Kadastr bo‘limi boshlig‘i o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqarodan 2 ming AQSh dollari miqdorida pora olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

📌 Aniqlanishicha, mazkur mansabdor shaxs 1987 y.t fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 132 m² yer maydonida qurilgan, lekin fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning 2024 yildagi hal qiluv qaroriga asosan majburan buzilishi belgilangan binoga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish va uning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

⚖️ Hozirda kadastr rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 07:04. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!