DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasiga murojaat qilgan fuqaro Qo‘ng‘irot tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosarini javobgarlikka tortishni so‘ragan. Murojaatchining bildirishicha, tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, mayor unvoniga ega mansabdor uning shaxsiy sirini bilishini, agar unga iPhone 15 Pro Max olib kelmasa, o‘sha sirni fosh qilib, o‘zini javobgar qilmoqchiligini aytgan.
Bundan qo‘rqib ketgan fuqaro DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasiga murojaat qilib, yordam so‘ragan. DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Qo‘ng‘irot tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari fuqarodan talab qilingan iPhone 15 Pro Max’ni olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.