Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida er-xotin va ularnikiga mehmon bo‘lib kelgan yigit is gazidan zaharlanishi natijasida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov aniq.uz'ga xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, voqea 18 oktyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish markazi Qoraqalpog‘iston filiali shifokori soat 07:51 da IIBga qo‘ng‘iroq qilib, o‘lim bilan bog‘liq holat haqida xabar bergan.
Ichki ishlar bo‘limiga Nukus shahri 23 kichik tumanda yashagan 25 yoshli A.YA., uning 23 yoshli xotini M.Ya va ularnikiga mehmonga kelgan 27 yoshli A.T is gazidan zaharlanib vafot etgani to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida A.YA, M.YA. va A.T uyning isitish qozonxonasi mo‘risidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgani aniqlangan.
Ayni paytda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.