Polshalik mast askar mamlakat sharqidagi Melnik qishlog‘ida jamoat joyida o‘t ochdi, deb yozadi “RIA Novosti” .
Podlaskiye voevodeligi polisiyasi vakili Tomaş Krupaning aytishicha, huquq-tartibot idoralari jamoat joyida o‘q uzgan askar haqida xabar olgan. “Ushbu xabardan bir kishi jamoat joyida quroldan o‘q uzayotgani chiqdi. U harbiy polisiya tomonidan qo‘lga olingan”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Qayd etilishicha, gap hududiy mudofaa qo‘shinlari askari haqida ketmoqda. Jinoyatchi qochib ketmoqchi bo‘lgan, biroq u qo‘lga olingan. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.