Nukus shahriga Panayev Utemurat vaqtinchalik hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
U.Panayev shu vaqtga qadar «Titan sement» MCHJ O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasi bosh direktori, Nukus shahri «Titan DSZ» MCHJ raisi lavozimlarida ishlab kelgan.
Qorao‘zak tumaniga Utambetov Uzaqbergen hokim etib tayinlandi.
U.Utambetov avval Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Chimboy tumaniga esa Tajetdinov Aybek hokim etib tayinlandi.
U bungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.