Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Qoraqalpog‘iston Respublikasida sayyor qabul o‘tkazilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasida sayyor qabul o‘tkazilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolari hamda tadbirkorlari uchun Kadastr agentligi direktori v.b. Sadriddin Turdiyev ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda.

Muloqot davomida fuqarolar va tadbirkorlarning kadastr sohasiga oid murojaatlari, yer va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq masalalari hamda mavjud muammolarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Sayyor qabulning asosiy maqsadi — aholi bilan bevosita muloqot qilish, murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy yechimlarini topish hamda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berishdan iborat.

Bunday uchrashuvlar fuqarolar va tadbirkorlarning muammolarini yaqindan o‘rganish, davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda kadastr sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Eslatma: Sayyor qabul ertaga, 16 oktyabr kuni Beruniy tumanida o‘tkaziladi.

Manzil: Beruniy tumani, Markaziy MFY, Xalqlar do‘stligi ko‘chasi, 10D-uy (Yoshlar markazi binosi).

⏲️ Boshlanish vaqti: soat 10:00 da.

📞 Murojaat uchun: 61-224-20-31

Kiritildi: 20:49 15.10.2026. O'qildi: 606 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!