Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida qalbaki AQSh dollarlarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida qalbaki AQSh dollarlarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

1️⃣ Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar SH.Y. va E.A. qalbaki 9 900 AQSh dollarini 5 000 AQSh dollariga fuqaro A.B.ga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

2️⃣ Departamentning To‘rtko‘l tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.X. qalbaki 700 AQSh dollarini bank muassasasida ayirboshlash uchun kassaga taqdim qilgan vaqtida ushlanib, qalbaki 700 AQSh dollari ashyoviy sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.s

Kiritildi: Bugun 10:31. O'qildi: 307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!