Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qorako‘l tumanida gazokondensat o‘g‘rilariga sud hukmi o‘qildi

Qorako‘l tumanida gazokondensat o‘g‘rilariga sud hukmi o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudida 7 nafar gazokondensat o‘g‘rilariO‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasi 3-qismining “g” bandi bilan aybli deb topilib, birinchi marotaba sudlanayotganligi uchun 2 yildan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

Ular 2019 yil 9 iyul kuniga o‘tar kechasi hamda 11 iyul kuniga o‘tar kechasi  “Gazlineftqazibchiqarish” MCHJga qarashli Qoraqo‘l tumani hududida joylashgan gaz quvurini teshib, teshikka xomut yordamida kichkinaquvur ulab, unicho‘l ichidagi o‘zlari tomonidan hosil qilingan sirtiga selofan qoplama to‘shalgan hovuzga olib borib, mazkur quvurdan ushbu hovuzni gazokondensat xom-ashyosi bilan to‘ldirib, 11 tonna, bahosi 13.147.974 so‘mli gazokondensat xom-ashyosini o‘g‘irlashgan.

Shuningdek, G‘ijduvon tumanida yashovchi A.B ismli shaxs ushbu hududdan xuddi shu usulda 8 tonna gazokondensat mahsulotinio‘g‘irlaganligi uchun 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

J.Sadirov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudi raisi

Kiritildi: 11:25 25.06.2020. O'qildi: 1653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!