Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qonli kun, zarbalar, o‘t qo‘yishlar va fojealar: Falastinda yana bolalar o‘ldirildi

Qonli kun, zarbalar, o‘t qo‘yishlar va fojealar: Falastinda yana bolalar o‘ldirildi

Eng so‘nggi yangilanishlarni ko‘rib chiqaylik:

- Al Jazeera’ning tibbiy manbalariga ko‘ra, bugunning o‘zida jinoyatchi Isroil harbiylarining zarbalari oqibatida kamida 20 nafar falastinlik halok bo‘lgan. Ular orasida G‘azo markazidagi Nuseyrat yaqinidagi chodirli boshpanaga berilgan zarba natijasida halok bo‘lgan uch nafar bola ham bor.

- Isroil G‘azo shimolidagi Jabaliya shahridagi gavjum bozor hududiga hujum qilib, kamida uch kishini o‘ldirganida, yana bir bor HAMASni nishonga olganini bahona qildi.

- AQSh harbiylari Yamanning turli hududlariga o‘nlab bombalar tashlab, mart oyi o‘rtalaridan beri har kungi hujumlarini davom ettirmoqda. Bu hujumlar natijasida 200 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

- Bosib olingan G‘arbiy qirg‘oqdagi al-Yamun shahrida falastinliklar chorshanba kuni Isroil askarlari tomonidan otib o‘ldirilgan 12 yoshli bola uchun aza tutishdi.

- Isroillik ko‘chmanchilar G‘arbiy qirg‘oqning Iordan vodiysi shimolidagi Bardala qishlog‘ida besh nafar falastinlikni otib yaraladi, ekin maydonlari va binolarga o‘t qo‘ydi.

- Yale universiteti Falastin taraf talabalar guruhini rasmiy tan olishdan mahrum qildi. Bunga sabab, guruh Isroilning o‘ta o‘ngchi Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirning tashrifiga qarshi norozilik namoyishlarida ishtirok etganlikda ayblangani bo‘ldi.

Kiritildi: 21:30 24.04.2025. O'qildi: 766 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!