Bugun 21 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Qoil! Marokash yetakchisi Afrika Millatlar Kubogi sovrinini qabul qilmasligini ma’lum qildi

Qoil! Marokash yetakchisi Afrika Millatlar Kubogi sovrinini qabul qilmasligini ma’lum qildi

Marokash terma jamoasi yetakchisi Ashraf Xakimi 2025 yilgi Afrika Millatlar Kubogi yakunlari bo‘yicha topshirilgan sovrindan voz kechdi.

"Onam menga sovrindan voz kechishni aytdi. Men rasman sovrindan voz kechaman va umid qilamanki, jamoadoshlarim ham shunday qiladi. Bizda g‘olib bo‘lish imkoniyati bor edi, lekin uni qo‘ldan boy berdik. Futbol shunday: ba’zan g‘alaba qozonasan, ba’zan mag‘lub bo‘lasan. Men Afrika futbol konfederasiyasining qarorini hurmat qilaman, lekin rasman sovrindan voz kechaman. Men 2025 yilgi Afrika Millatlar Kubogini yutmadim. Yana bir bor Senegalni tabriklayman!", — deya Xakimining so‘zlarini Akelicious nashri keltiradi.

Avvalroq Afrika futbol konfederasiyasi (CAF) Marokashning apellyasiyasini qanoatlantirib, finalda maydonni tark etgani uchun Senegalga 0:3 hisobida mag‘lubiyatni rasman hisoblab, g‘alabani Marokashga bergan edi.

Kiritildi: Bugun 12:19. O'qildi: 441 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!