Bugun 3 fevral, 2023 yil, juma

КИР

Qizilqum cho‘liga ko‘mib ketilgan katta miqdordagi «Tramadol» aniqlandi

Qizilqum cho‘liga ko‘mib ketilgan katta miqdordagi «Tramadol» aniqlandi

DXX hamda bojxona boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor-qidiruv tadbirlarida Navoiy, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.

Navoiyda qozog‘istonlik narkokur’erlar viloyatning Uchquduq tumani Qizilqum cho‘li hududiga xufiyona tarzda 12 ming dona «Tramadol» dori vositalari ko‘mib ketgani aniqlandi. Hodimlar dorilarni prosessual tartibda rasmiylashtirib oldi.

Surishtiruv davomida dorilarning haqiqiy egasi Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan shaxs bo‘lib chiqdi va qo‘lga olindi.

Qizilqum cho‘liga ko‘mib ketilgan katta miqdordagi «Tramadol» aniqlandi

Toshkentda kuzatilgan holatda esa Zangiota tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan tish shifokori Olmazor tumanida joylashgan o‘zining xususiy klinikasida 1960 dona «Regapen» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Qizilqum cho‘liga ko‘mib ketilgan katta miqdordagi «Tramadol» aniqlandi

DXXning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari «Farg‘ona-Qo‘qon» yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Nexia avtomashinasini Oltiariq tumanida to‘xtatib, ko‘zdan kechirgan. Mashinadagi Qo‘qon shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan muqaddam bir necha marta sudlangan yo‘lovchi o‘zi bilan 2803 dona «Regapen» va 1000 dona «Tropikamid» olib ketayotgani ma’lum bo‘ldi.

Qizilqum cho‘liga ko‘mib ketilgan katta miqdordagi «Tramadol» aniqlandi

Aniqlanishicha, u kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Farg‘ona tumanida yashovchi, 24 yoshli fuqarodan 50 mln so‘mga sotib olgan. Hozirda u ham qo‘lga olindi, deyiladi xabarda.

Farg‘onada kuzatilgan yana bir holatda 24 yoshli fuqaroning uyidan 1050 dona «Regapen» va 101 dona «Tropikamid» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topildi.

Qizilqum cho‘liga ko‘mib ketilgan katta miqdordagi «Tramadol» aniqlandi

Yuqorida keltirilgan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari O‘zbekistonga Qirg‘izistondan noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi DXX xabarida.

Kiritildi: 01:13 27.11.2022. O'qildi: 2504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!